O‘tkir Yusupov sobiq klubiga qaytdi!
Tajribali darvozabon O‘tkir Yusupov Navbahor klubi bilan shartnoma imzoladi.
O‘tkir Yusupov – 1991 yil, 4 yanvarda Qozog‘istonning Sayram shahrida tug‘ilgan. Bolaligida oilasi bilan yurtimizga ko‘chib kelishgan.
Faoliyati davomida “Mash’al” (Muborak, 2012-2013 yillar), “Nasaf” (Qarshi, 2014-2015 yillar), “Neftchi” (Farg‘ona, 2016-2017 yillar), “Qo‘qon - 1912” (Qo‘qon, 2018 yil), “Navbahor” (Namangan, 2019 – 2024 yilning 1-davrasi), “Fulad” (Axvaz, Eron, 2024 yilning 2-davrasi, 2025 yil) jamoalarida o‘ynagan. Shuningdek, 2018 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozasini qo‘riqlab, terma jamoamizning JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.
Tajribali darvozabon 1,5 yillik tanaffusdan so‘ng, yana qadrdon jamoasiga qaytdi.
O‘tkir Yusupovning yangi mavsumda “Navbahor” tarkibida yorqin o‘yinlar namoyish etib, yana avvalgidek “lochinlar”ning zafarlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz.


